TOBB ETÜ Tashkent universiteti talabalari ayni paytda Turkiyadagi TOBB ETÜ universitetining asosiy kampusida bo‘lib, bilim va madaniy tajribalarini boyitishga qaratilgan dasturda ishtirok etmoqdalar.
Tashrif davomida talabalar universitetning ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish, professor-o‘qituvchilar va boshqa talabalar bilan fikr almashish hamda kampus hayotini bevosita his qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Ushbu tashrif TOBB ETÜ Tashkent va uning Turkiyadagi bosh universiteti o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni aks ettirish bilan birga, xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga Turkiyadagi tashriflari davomida mazmunli, ilhomlantiruvchi hamda unutilmas taassurotlarga boy tajriba tilaymiz!