Xususan, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan "TOBB" Turkiya savdo va tovar-xomaşyo birjalari ittifoqi qoşida Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toşkent filialini oçiş böyiça memorandum imzolandi. Ta’kidlaş joizki, universitet filialini oçiş taşabbusi Özbekiston tomoni tomonidan 2019-yil oktyabr oyida Toşkent şahrida bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar Işbilarmonlar kengaşi muzokaralari çoğida ilgari surilgan edi. Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning Turkiyaga taşrifi doirasida Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (TOBB) prorektori Yusuf Sarinay bilan uçraşuv bölib ötdi, unda tomonlar bakalavriat ta’limi, xususan, tadbirkorlik, raqamli tijorat, dual ta’lim tizimiga asoslangan korporativ huquq sohalarida istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Filial Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 389-sonli qaroriga asosan taşkil etilgan. Bu tadbirkorlar va yuqori texnologiyalar böyiça mutaxassislarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan innovatsion universitetdir. Universitet “Universitet-sanoat” modeli asosida faoliyat yuritadi. Bizning asosiy qadriyatimiz – bilimlarni amaliyotda qöllaşdir. Talabalar “Co-op” (Kooperativ ta’lim) tizimi böyiça tahsil oladi: öquv semestrlari turli kompaniyalardagi töliq stavkali, haq tölanadigan amaliyotlar bilan almaşinib turadi. TOBB Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toşkent filiali Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasidagi kelişuvlar doirasida taşkil etilgan. Universitet tadbirkorlik va raqamli iqtisodiyot sohalarini rivojlantirişga qodir xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaşga yönaltirilgan innovatsion ta’lim platformasi vazifasini ötaydi
August 20
2020
June 01
2025
October 10
2020