UEnter — TOBB ETÜ Tashkent universitetining biznes-inkubatori bo‘lib, startaplar, texnologik kompaniyalar, IT mutaxassislari va turli soha ekspertlarini bir joyda birlashtiradi. Qisqa vaqt ichida UEnter O‘zbekistonning yetakchi innovatsion markazlaridan biriga aylandi. UEnter o‘z hamkorlari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib boradi, xalqaro loyihalarni amalga oshiradi hamda IT, 3D texnologiyalar, sun’iy intellekt, biznes, innovatsiyalar, mentorlik, yashil iqtisodiyot va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda ta’lim dasturlari, forumlar, konferensiyalar, xakatonlar, mahorat darslari va sohaga oid tadbirlarni tashkil etadi.
Ushbu amaliyot dasturi doirasida talabalar UEnter yoki uning rezident kompaniyalaridan birida amaliyot o‘tash, amaliy tajriba orttirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda potensial ish beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dastur ishtirokchilari qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladilar?
✅ UEnter yoki uning rezident kompaniyalaridan birida amaliyot o‘tash
✅ Innovatsion ish muhitida amaliy tajriba orttirish
✅ Haqiqiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish
✅ Tajribali mutaxassislardan mentorlik yordamini olish
✅ Amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
✅ Kelajakdagi karyera rivoji uchun mustahkam poydevor yaratish
✅ Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng doimiy ishga taklif olish imkoniyati
Qimmatli amaliy tajriba orttirish va muvaffaqiyatli karyera sari ilk qadamni qo‘yish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Hoziroq havola orqali ariza topshiring!