🤝 TOBB ETÜ Tashkent va Steinbeis University o‘rtasida hamkorlik memorandumining imzolanishi

🤝 Germaniyaning Steinbeis universiteti 🇩🇪 bilan O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Ushbu kelishuv oliy ta’lim sohasida strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi. ✍️

🎓 Mazkur hamkorlik qo‘shma magistratura va MBA dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, talabalar va mutaxassislar uchun xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim olish 🌍 hamda global kompetensiyalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

✨ Ushbu muhim tadbirda ishtirok etgan hurmatli mehmonlarimiz va hamkorlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida samarali hamkorlik 🤝 va birgalikda ko‘plab muhim yutuqlarga erishishga umid qilamiz!

02.07.2026