Amaliy iqtisodiyot va moliya bo‘yicha fan magistri

Amaliy iqtisodiyot va moliya" magistratura dasturi iqtisodiyot, moliya, miqdoriy tahlil hamda dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish sohalarida chuqurlashtirilgan tajriba orttirishni istagan bitiruvchilar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Dastur talabalarga bank ishi, moliya institutlari, konsalting, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va korporativ sektorda faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan tahliliy, texnik hamda amaliy ko‘nikmalarni beradi.

DASTUR MAZMUNI
Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradi:

1) Amaliy iqtisodiyot
2) Moliyaviy tahlil
3) Moliya va investitsiyalar
4) Statistika
5) Ma’lumotlar tahlili
6) Moliyaviy qarorlar qabul qilish
7) Tavakkalchiliklarni boshqarish (Risk-menejment)

Dastur bank, moliya, iqtisodiyot, tahlil, tavakkalchiliklarni boshqarish va boshqa shu kabi sohalarda ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Mazkur dastur, ayniqsa, moliyaviy tahlil, ma’lumotlarga ishlov berish hamda iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish bilan bog‘liq lavozimlarda ishlaydigan xodimlar uchun katta amaliy ahamiyatga ega.

AMALIY YO‘NALISHLILIK
Dastur akademik ta’limni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtiradi. O‘quv jarayonida talabalar:
1) real vaziyatlar (keyslar) ustida ishlaydilar;
2) iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qiladilar;
3) amaliy loyihalarni bajaradilar;
4) magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlaydilar.

Ushbu yondashuv nazariy bilimlarni real kasbiy muhitda qo‘llash imkonini beradi.

ISHLOVCHI MUTAXASSISLAR UCHUN QULAYLIKLAR
Darslar haftasiga 3 kun, soat 18:30 dan 21:00 gacha tashkil etiladi. Bu esa xodimlarga o‘z asosiy ish faoliyatlaridan ajralmagan holda ta’lim olish imkonini beradi.

DASTUR DAVOMIYLIGI
● O‘qish muddati: 24 oy
● Ta’lim shakli: kechki ta’lim

Kontrakt to‘lovlarini oylik bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud, bu esa ishlovchi mutaxassislar uchun qulaydir.
O‘zbek tilidagi dasturning yillik narxi — 20 000 000 so‘m.
Ingliz tilidagi dasturning yillik narxi — 25 000 000 so‘m.

Tuition fee

50,000,000 UZS / yiliga

Hozir ariza topshiring